Umrimiz shu qadar qisqaki,
qandaydir olisdagi baxtni
kutib yashash uchun yetarli
emas. Undan ko‘ra, ba’zida
oldimizdagi, yonginamizdagi
baxtni his qilib yashash
bizga ko‘proq shodlik beradi.
Qaysidir qilayotgan yomon
ishlarimiz gunoh ekanligini
bilamiz, ammo bilib turib qo‘l
uramiz. Eng yomoni, bilib,
yana davom ettiraveramiz...
Bu hislar, bu fikrlar ayni
damda mening boshimda
aylanadi. Tinimsiz charx uradi
va go‘yo pilla qurti o‘z ipiga
o‘ralgani kabi, men ham o‘z
dardimga o‘ralaveraman,
undan
chiqib ketolmayman, yiroqlasholmayman.
O‘ylaganim sari boshi berk
ko‘chaga kirib qolganga
o‘xshayman. Birovga tish
yorib aytolmayman. Aytgim
keladi, ammo...
Yaxshiyam, “Yuragimda
saqlaganlarim...” bor...
Mana, men ham dardimni
to‘kib soladigan bo‘ldim...
Hammasi mening telefonimga
begona raqamdan qo‘ng‘iroq
bo‘lgan kundan boshlandi.
Qizig‘i, qo‘ng‘iroqqa men
emas, dugonam javob berdi.
— Alo? — u o‘zining telefoni
bo‘lmagani uchun erkin va
xushchaqchaqlik bilan.
Dugonamning nozli so‘zlashi
va menga qarab ko‘z qisib
qo‘yishidan yigit kishi
ekanligini payqadim. Yigit
nima dedi bilmadim-u,
dugonam “quloqqa lag‘mon
ilish”ni boshlab yubordi:
— Kimga qo‘ng‘iroq
qilayotganingizni
bilmaysizmi? Ha-a-a... Men
“Adashib tushgan yigitlarni
ro‘yxatga olish va to‘g‘ri
yo‘lga solish”
kompaniyasining
boshlig‘iman... Hm... Yo‘q.
Kompaniya xizmati pullik. Har
adashib tushganingizda hisob
raqamimizga yoki mana shu
raqamga ming so‘m tashlab
qo‘yishingiz shart. Arzon
deysizmi?.. Albatta, bir
adashgan banda, qayta-qayta
adashaveradi va avvaliga har
kuni keyin kunda ikki marta,
so‘ng har soatda adasha
boshlaydi. Qarabsizki, siz
arzon deb baholagan
xizmatimiz uni bor-budidan
ayiradi... Nima?.. Ha, ha biz
faqat mijozlarning manfaatiga
xizmat qilamiz...
Dugonam gaplashaverdi. Men
esa uning ichidan qaynab
kelayotgan gaplardan
zavqlanib kulaverdim. Suhbat
tugagach, yana o‘z ishimiz
bilan band bo‘ldik. Adashib
qo‘ng‘iroq qilgan yigitni
unutdik. Ertasiga
kutilmaganda yana notanish
raqamdan qo‘ng‘iroq bo‘ldi.
— “Adashib tushgan yigitlarni
ro‘yxatga olish va to‘g‘ri
yo‘lga solish”kompaniyasimi?
— dedi yigit kishi
dabdurustdan.
Kechagi suhbat birdan
yodimga kelmagani bois,
“Yo‘q” dedim. Birdan yodimga
tushdi va kulib yubordim.
— Kompaniya xodimlari juda
sho‘xmi, deyman?
Sho‘xlik qiz bolaga yarashadi.
Xo‘sh, nechta adashganni
to‘g‘ri yo‘lga soldingiz?
— Sanog‘i yo‘q. Bu dunyoda
adashmagan odam bor
ekanmi? — dedim yigit meni
dugonam deb
o‘ylayotganidan zavqlanib.
— Xizmat haqi
ming so‘mmidi? Tashladim,
ming so‘m. Undan keyin ming
so‘m evaziga to‘g‘ri yo‘lni
topish zo‘r-ku! Qani
edi, rostmana shunday
kompaniya bo‘lsa... Pulini
qo‘yarga joy topa olmay
qolardi. Chunki dunyoda
adashmagan insonning o‘zi
yo‘q. Ikki og‘iz maslahat —
ming so‘m. Minglab odamlar
har kuni qo‘ng‘iroq qiladi.
“Xotinim bilan urishib qoldim.
Negadir yarashgim
kelmayapti. To‘g‘ri
yo‘lni ko‘rsating”, deydi biri.
“O‘g‘lim