Tasavvur qiling, dunyoda ulkan ush bo`lib o`tdi.
Xalqimizning bir necha o`n yillar oldingi annanasi qayta tiklandi.
Ya`ni ushda o`lgan erlarning xotinlari ularning ukalariga
nigohlanadigan bo`ldi.
***
Sevinch erga tekkaniga ham uch yildan oshdi. Zamonning zayli
tufayli yigirma uch yoshidayoq bevaga aylanib ulgurdi. Uning belidan
tushib turadigan qop-qora sochlariga o`ralagan oqlar, yig`lashdan
qizarib ketgan ko`zlar, sarg`ayib, rangi o`chgan yuzlar ayriliq azobining
qanchalar ulkan ekanidan dalolat berib turardi.
U marhum eri bilan sevishib turmush qurmagan bo`lsada, biroq
birgalikdagi hayot davomida unga mehr qo`yishga ulgurgan edi.
Qora emailning kelganiga bir haftadan oshgan bo`lsada ayolning
qalbidagi cho`g` huddi birinchi kundagidek yangi edi.
-Qizim,-Sevinchning qaynotasi oshxonaga kirib keldi. Bu odamning
nur yog`adigan yuzidan asar ham qolmagan, bir necha yilga qarib
ketgandi. ,Qo`y hadeb kuyunaverma. Bandalik, hammani boshida bor
narsa. Sen yoshsan, qizing uchun ham yashashing kerak.
-Bir og`iz so`ziz dadajon,-Sevinch fartugi bilan ko`z yoshlarini artdi.
-Ha barakalla. Qizimhellip;-Chol gapirishga qiynalardi. Uni juda nozik
masalda gapirmoqchi ekanini kelin tushindi.
-Albatta dadajon,-Sevinch qaynotasini noqulay vaziyatdan chiqarishga
oshiqdi. ,Men ketaman. Faqat iltimos, o`g`lizni marakalari o`tib
bo`lgancha shu yerda yashab turay.
Chol kelinining nima haqida gapirayotganini tushinishi uchun
bir necha soniya yetarli bo`ldi.
-Nimalar deyabsan qizim, yo`q-yo`q, bu sening uying. Biz ketsak
ketamizki sen ketmaysan.
Sevinchning yuziga tabasm yugurdi. U cholga minnadorchilik bildirib:
-Raxmat-dedi.
-Endi qizim gapning po`sallasini aytgandahellip; bu ishni ikkinchi
marta qilaman deb o`ylamagan edim. Senga sovchi bo`lib keldim.
Cholning bu so`zlari ochiq kundagi chaqmoqqa o`xshardi.
-Qahellip; Qanaqasiga?-siqib chiqardi kelin o`zidan.
-Iltimos qizim, gapimga xo`p de. Ikkinchi o`g`lim Nodirga xotin
bo`l.
Sevinch qariya gapini tugatmasidan o`zini tashqariga urdi.
Yo`lda qarshisidan Nodir chiqib qoldi.
-Xa yanga, tinchlikmi?-so`radi u ayoldan.
Sevinch javob bermay o`zini uyga urdi. Er-xotinlarning krovatiga
o`zini otib, erining yostig`ini quchoqlab rosa yig`ladi.
Biroq bir necha kun o`tib, oraga qizning ota-onasi tushib Sevinchni
nikohga ko`ndirishdi.
Lekin Sevinch o`zining tixirliklari Nodirniki oldida ummondan tomchi
ham emasligini bilmas edi.
Nodirni ko`ndirish xaqiqatda qiyin bo`ldi. U hatto uydan qochib
ushga ham ketmoqchi bo`ldi. Biroq bir o`g`loni o`lgan uydan
boshqa odam olib ketilmasligi tufayli vga tushgan mushukdek
uyga qaytib keldi.
-Roziman-dedi u otasini ko`zlariga qaramay.
-Ertaga mulla chaqiraman ungacha ko`zimga ko`rinma,-javob oldi
Nodir.
Nodir asta kelib yangasining honasini qaqqillatdi. Ertaga bu hona
o`ziniki bo`lishi, yangasini yanga deb chaqira olmasligi, u bilan qnday
muomila qilishni ham bilmasligi Nodirni tashvishga solardi.
Eshik ochildi. Sevinch chiqdi. U bo`lajak xo`jayini,